Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zini «Milliy gvardiya mayori» deb tanishtirgan ayol qo‘lga olindi

O‘zini «Milliy gvardiya mayori» deb tanishtirgan ayol qo‘lga olindi

Foto: Milliy gvardiya

Milliy gvardiyaga kelib tushgan murojaatlarning birida «Gulbahor» ismli ayol o‘zini «mayor» unvonidagi «Milliy gvardiya xodimi» deb tanishtirib, ishga kiritib qo‘yish uchun 15.800.000 so‘m va 300 AQSh dollari miqdoridagi pul olganligi ma’lum qilingan.

U shu kabi boshqa masalalarda fuqarolarning ishonchiga kirib, ulardan katta miqdordagi pul mablag‘larini undirayotgani haqida ham ma’lumotlar kelib tushgan.

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Milliy gvardiya mas’ul xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida «Gulbahor» ismli ayol qo‘lga olinib, Toshkent shahar IIBBga topshirilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1966-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, muqaddam 3 marotaba sudlangan, bugungi kunda Toshkent shahri, Sirg‘ali tumanida ro‘yxatsiz yashab kelayotgan fuqaro G.Sultonova ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Bugungi kunda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro Gulbahorga nisbatan JKning 168-moddasi («Firibgarlik») va 211-moddasi («Pora berish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring