Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zsanoatqurilishbank korrupsiyaga qarshi kurash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar beradigan maxsus aloqa kanallarini ishga tushirdi

O‘zsanoatqurilishbank korrupsiyaga qarshi kurash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar beradigan maxsus aloqa kanallarini ishga tushirdi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank Axborot xizmati

Bank mijozlari va xodimlari tizimdagi korrupsion xavf-xatarlar yuzasidan Bank Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasiga murojaat qilish imkoni yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi jamiyatning barcha a’zolari «halollik vaksinasi» bilan emlanmas va korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tilmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmasligimizni ta’kidlagan edi.

O‘zsanoatqurilishbank tizimiga ham halollik standartlarini joriy etish, bunda korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta’sirchan tizimini yaratish, xodimlar zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Joriy yilning 13 noyabridan O‘zsanoatqurilishbank tizimida yo‘lga qo‘yilgan korrupsion holatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plashning yangi mexanizmi bu yo‘nalishdagi ishlarning amaliy ifodasidir. Mazkur mexanizm Bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqida ishonchli ma’lumotlarni doimiy ravishda yig‘ish, tahlil qilish va ularning kelib chiqish sabablarini tizimli va chuqur tahlil qilish imkonini beradi.

Ushbu jarayonga keng jamoatchilik, ayniqsa, Bank xodimlari, mijozlari va hamkorlarini jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra, endilikda fuqarolar tizimda korrupsiyaga oid xavf-xatarga duch kelganda alohida ajratilgan ishonch telefoni (0-800-120-8888), Telegram boti (@sqbantikor_bot) va elektron pochta orqali Bankning maxsus aksilkorrupsiya bo‘linmasiga anonim va shaxsini ochiqlagan holda xabar berishi mumkin.

Xabarlar avtomatik ravishda qabul qilinadi va tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar guruhi tomonidan tahlil qilinadi. Tahlil natijalari esa Bank Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasiga chora ko‘rish uchun taqdim qilinadi.

Bank Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring