Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zsanoatqurilishbank» Toshkent viloyatiga press-tur tashkil qildi

«O‘zsanoatqurilishbank» Toshkent viloyatiga press-tur tashkil qildi

Joriy yilning 20 iyul kuni O‘zsanoatqurilishbankning Toshkent viloyati mintaqaviy bank xizmatlari ofisi (BXO)ga press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari (OAV) xodimlari mazkur muassasada transformatsiya ishlari bilan yaqindan tanishib, Bankning moliyaviy ko‘magida ishga tushirilgan korxonalarga tashrif buyurdi.

Prezidentimiz har doim «o‘zgarishlarni odamlar o‘z hayotida sezsin», deya talab qo‘yadi. Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 11 iyulda bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning hududlardagi natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishda ham hududlar, soha va tarmoqlar rivojining aholi hayotiga ta’siri o‘rganilib, barcha islohotlarni pastdagi bo‘g‘inlarga bog‘lagan holda, ularni avvalambor aholi farovonligini oshirishga qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Aytish joizki, O‘zsanoatqurilishbank tizimida xalqaro ekspertlar ko‘magida olib borilayotgan transformatsiya ishlarida zamonaviy, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yib, aholini rozi qilish, tadbirkorlar va mijozlarga har tomonlama qulay sharoit yaratish maqsadi ko‘zda tutilgan.

– «Inson qadri uchun» tamoyili asosida mamlakatimiz bank tizimida ham katta islohotlar olib borilmoqda, – deydi O‘zsanoatqurilishbankning Toshkent viloyati mintaqaviy bank xizmatlari ofisi rahbari Botir Davirov. – IT texnologiyalardan unumli foydalanish, samarali dasturiy mahsulotlarni yaratish va mijozlar bilan muloqotda raqobatbardoshlikni ta’minlashga alohida yondashilmoqda. Transformatsiya mahsulini qisqa va lo‘nda qilib, hozirda barcha tarmoqlar boshqaruvi mintaqaviy BXO zimmasiga o‘tkazilgan holda, quyidagi bank xizmatlari markazlari (BXM) faqat mijozlar bilan ishlashga biriktirilganini, bank mahsulotlarini sotish bilan bog‘liq vazifalar markazlashtirilganini, mijozlarga individual xizmat ko‘rsatuvchi menejerlar doirasi shakllantirilib, «mijozbay» ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilganligini qayd etish mumkin.

Buning natijasida Bank mahsulotlari soni 1,5 barobarga ko‘paydi, kredit ajratish tezkorligi yuridik shaxslar uchun 2,6 barobarga, jismoniy shaxslar uchun 1,6 barobarga oshdi, chakana mijozlar soni 1,7 barobarga, xizmat ko‘rsatish tezligi 1,5 barobarga o‘sdi.

Jurnalistlarni Bankning moliyaviy ko‘magida ishga tushirilgan loyihalar bilan tanishtirish maqsadida tashrif buyurilgan dastlabki manzil trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Yustex» korxonasi bo‘ldi.

Qibray tumani kichik sanoat zonasida joylashgan ushbu korxona hududdagi yirik ishlab chiqarish ob’yektlaridan biri sanaladi. U yerda 300 ish o‘rni yaratilgan, yiliga 6 million dona mahsulot ishlab chiqariladi.

Mazkur korxonaga ham Bank tomonidan texnologik uskunalar xarid qilish maqsadida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilgan. Shunda 10 mlrd. so‘mlik loyihaning 7 mlrd. so‘mi bank hisobidan qoplanib, kredit mablag‘lari Xitoy va Yevropa davlatlaridan ilg‘or to‘qimachilik majmuasini sotib olishga yo‘naltirilgan.

Hozirda «Yustex» mahsulotlari Fransiya va Italiya davlatlariga eksport qilinadi. Bu borada yillik ko‘rsatkich 12 mln. dollarga tengdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring