Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Paxtadan ip-kalava tayyorlab, xorijga sotib yuborishdan na davlatga va na millatga foyda bor — «Milliy bank» mijozi

Paxtadan ip-kalava tayyorlab, xorijga sotib yuborishdan na davlatga va na millatga foyda bor — «Milliy bank» mijozi

«O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, OAV vakillari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va bank imijini oshirish maqsadida, joriy yilning 13 mart sanasida Jizzax viloyati bo‘ylab press–tur tashkil etildi.

Jizzax viloyatining Arnasoy tumani, Oltin vodiy qishloq fuqarolar yig‘inida joylashgan «Arnasoy Gold Tex» mas’uliyati cheklangan jamiyatni darhaqiqat iqtisodiy mo‘’jiza, deb aytish mumkin. Korxona rahbarlari logistika jihatidan u qadar qulay bo‘lmagan, infratuzilmasi haminqadar chekka tumanlarda ham muvaffaqiyatli biznes yuritish mumkinligini isbotlab berishgan.

Korxona ip gazlama hamda momiq tekstil maxsulotlarini ishlab chiqaradi. Shu maksadda dastlab qiymati 81 mlrd. so‘mlik loyiha taqdim etildi. «O‘zmilliybank» AJ Jizzax viloyati filiali tomonidan korxonaga ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga Xitoydan ip gazlama hamda momiq tekstil maxsulotlari ishlab chiqaradigan uskunalar sotib olindi va ish boshlandi.

«Arnasoy Gold Tex» MChJ ning yillik quvvati 6 mln. 800 ming dona tekstil mahulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etadi. Bugungi kunda korxonada 653 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda va yaqin vaqtlar ichida yana 600 kishi ish bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Dastlab korxona ochish rejalashtirilganda ip-kalava ishlab chiqarish haqida so‘z ochilgan edi. Ammo bunga qat’iy qarshilik ko‘rsatdik. Boisi, paxtani ip-kalavaga aylantirib, xorijga nari borsa bir kilogrammini 2-2.5 dollardan sotish mumkin. Xorijiy kompaniyalar, aytaylik, turk korxonalari shu narxga sotib olingan bir kilogramm ip-kalavadan 4 ta sochiq ishlab chiqaradi va O‘zbekistonga qaytarib har birini 10 dollardan sotadi. Endi o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, bu yerda kim yutmoqda — ip-kalavani 2 dollardan sotgan o‘zbeklarmi yoki undan mahsulot tayyorlab, 40 dollarga qaytarib sotgan turklarmi?

Biz ip-kalavani xorijga eksport qilmayapmiz, balki o‘zimizga import qilinadigan mahsulotni ishlab chiqarishda xorijiy korxonalarga xizmat qilmoqdamiz. Bundan esa na davlatga va na millatga foyda bo‘ladi. Qachonki o‘zimiz tayyor mahsulot tayyorlab, eksportga chiqarsak, o‘shanda foyda qilamiz,  — deydi Adem Terzi.

Darvoqe, Adem og‘aning o‘zi ham turkiyalik, Istanbul shahridan. Uch yildan buyon O‘zbekistonda tekstil biznesini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. U haqda yaqinda saytimizda xabar berilgan edi.

«Arnasoy Gold Tex» ishlab chiqargan mahsulotlar — sochiq, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlar ayni vaqtda Chexiya, Estoniya, Litva, Rossiya, BAA, Bahreyn va Qatarga eksport qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring