Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marskezar «Qizil sayyora»da ilk «qadamlarini tashladi»

Marskezar «Qizil sayyora»da ilk «qadamlarini tashladi»

Foto: NASA

Marsga qo‘ndirilgan «Perseverance» roveri ilk sinov yurishini amalga oshirdi, deya xabar berdi NASA.

Bu bizning vaqt bilan payshanba kuniga to‘g‘ri kelib, 33 daqiqa davom etgan. Shu vaqt oralig‘ida olti g‘ildirakli qurilma 6,5 metr yurgan: to‘rt metr oldinga, 150 darajaga burilish va ortga 2,5 metr.

Bu marskezarning kelgusidagi tizim va ilmiy uskunalari sozlanishi arafasida o‘tkazilgan ilk sinov edi. NASA ta’kidlashicha, rover masofadan turib berilgan barcha buyruqlarni so‘zsiz bajargan, endi u kelayotgan ikki yil davomida qayerga yo‘naltirilsa o‘sha yoqqa yo‘l olib, ilmiy o‘rganishlar bilan shug‘ullanadi.

«Ilmiy ishga kirishgan payti rover bir yurishda 200 metr va undan ko‘proq masofaga harakatlanishini kutyapmiz», — deyiladi NASA xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «Perseverance»ga o‘tgan yil iyul oyida Yerdan start berilgan bo‘lib, 2021-yilning fevral oyida Marsda muvaffaqiyatli qo‘ndirilgandi. U shu paytgacha Marsning fotosuratlari bilan birga videosini ham Yerga uzata oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring