Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pokiston portidan ortilgan tranzit yuk ilk bor Toshkentga olib kelindi

Pokiston portidan ortilgan tranzit yuk ilk bor Toshkentga olib kelindi

Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekistonlik haydovchilar ilk marotaba O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashuvlarini amalga oshirdi.

Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

«Toshkent – Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshavar – Karachi» yo‘nalishi bo‘ylab 2760 km yo‘lni bosib o‘tgan o‘zbekistonlik haydovchilar Karachi portidan ortilgan yukni (muzlatilgan go‘sht) bir haftada Toshkent shahriga yetkazib keldi.

Aytilishicha, uch tomonlama sa’y-harakatlar natijasida bugun O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston davlatlari hududi bo‘ylab transport koridorining to‘laqonli faoliyat yuritishi, yuklarning qisqa fursatlarda, xavfsiz ravishda belgilangan manziliga yetkazilishi ta’minlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu oyning boshida Pokistonning Karachi porti ilk bor eksport uchun O‘zbekistondan tranzit yuk jo‘natgani xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring