Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi  

Pokistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi  

13-mart, dushanba kuni TIV rahbari Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ahmad Faruqdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Pokiston o‘rtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya aloqalari, shuningdek, mintaqalararo hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllarda bo‘lajak tadbirlarning jadvali hamda tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.

«Yangi lavozimda ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. So‘nggi vaqtlarda ikki tomonlama munosabatlarimiz misli ko‘rilmagan sur’atlarda rivojlanib, O‘zbekiston va Pokistonni yanada yaqinlashtirmoqda», – deb yozadi Baxtiyor Saidov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring