Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Politsiya boshlig‘ining dafn marosimida 32 kishi halok bo‘ldi

Politsiya boshlig‘ining dafn marosimida 32 kishi halok bo‘ldi

Foto: «tolonews.com»

Afg‘onistonning Nangarhar viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot kotibi Zohir Odilning so‘zlariga ko‘ra, tumanlardan biridagi politsiya boshlig‘ining dafn marosimida portlash oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, 103 kishi yaralandi, deya xabar berdi «TOLO News» telekanali.

Avvalroq 24 kishi hayotdan ko‘z yumgani va 68 kishi jarohatlangani ma’lum qilingandi.

Seshanba kuni Afg‘onistonda ikkita terrorchilik hujumi sodir bo‘ldi. Buning oqibatida o‘nlab insonlar olamdan o‘tdi. Jangarilar Nangarhar viloyatidagi hududlardan birining politsiya boshlig‘i dafn marosimida terakt sodir etishdi. Viloyat hokimligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, portlovchi uskunalarni terrorchi-xudkush ishga tushirgan. «Frans Press»ning ma’lum qilishicha, mazkur hujumlarga javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring