Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polshada eng yuqori pensiya qancha? Uni kim oladi?

Polshada eng yuqori pensiya qancha? Uni kim oladi?

Foto: «polsha24.com»

Polshada eng yuqori pensiyani Yevropa kengashining amaldagi raisi Donald Tusk olishi kutilmoqda, deb xabar berdi «Regnum».

«Super Express» gazetasining yozishicha, Polshada eng yuqori pensiya ayni vaqtda 22,4 ming zlotiy (taxminan 5900 dollar)ni tashkil etadi. Biroq yaqin orada bu rekordni Yevropa kengashi raisi Donald Tusk yangilashi mumkin: uning pensiyasi Yevropa kengashi pensiyasi bilan birga qo‘shib hisoblaganda 30 ming zlotiy (taxminan 7900 dollar) atrofida bo‘ladi.

Bunday miqdordagi pensiya to‘lovi Donald Tuskning maoshi bilan bog‘liq: 2019-yil yanvardan uning maoshi oyiga 140 ming zlotiy (taxminan 37 ming dollar)ni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring