Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxt hokimligi shoshilinch murojaat yo‘lladi

Poytaxt hokimligi shoshilinch murojaat yo‘lladi

Toshkent shahri hokimligi poytaxt aholisi va mehmonlariga shoshilinch murojaat yo‘lladi.

Unda aytilishicha, 2–5-avgust kunlari Toshkentda kuchli shamol bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Shu bois barchadan ehtiyot choralariga rioya qilish, jumladan, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qo‘ymaslik so‘ralgan.

Poytaxt hokimligi noqulay ob-havo sharoiti — kuchli shamol, yog‘ingarchiliklar bilan bog‘liq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog‘lanishlari mumkinligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Xalq Nazorati portali va ilovasi orqali ham murojaat qilish imkoniyati mavjud, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring