Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt hokimligi sudda yutqazdi

Poytaxt hokimligi sudda yutqazdi

Foto: O‘zA

Xususiy mulkka tajovuz qilishga, xususiy mulk huquqini cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi qonun bilan belgilab qo‘yilgan. Ammo ayrim mahalliy davlat hokimliklari tomonidan ushbu qonun normalarini buzish holatlari kuzatilmoqda.

Biznes-Ombudsman matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent shahar hokimining 2019-yil 12-maydagi 658-sonli qarori bilan «O‘ZAVTOTEXXIZMAT» MChJga tegishli Toshkent shahar Yashnobod tumani 1-uyda joylashgan ob’yektning bir qismi 486 m2 qurilish osti maydonida joylashgan umumiy maydoni 1 458 m2 bo‘lgan bino kompensatsiya to‘lovlari to‘lanmasdan buzilgan.

Ta’kidlanishicha, Prezidentning 2019-yil 13-avgustdagi farmoni bilan Biznes-Ombudsmanga xususiy mulkdorlarga ularning huquqlarini buzgan holda zarar yetkazilishiga, shu jumladan, mulk huquqini noqonuniy cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilishga yo‘l qo‘yilmasligi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish hamda mansabdor shaxslar tomonidan suiiste’mol va qonunbuzarlik holatlarining oldini olish va bunga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur choralarni ko‘rish vazifalari yuklatilgan.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holat bo‘yicha Toshkent shahar hokimligidan «O‘ZAVTOTEXXIZMAT» MChJga 3 milliard 210 million so‘m kompensatsiya to‘lovini undirish, davlat va jamoat foydasiga olingan 486 m2 ga teng yer maydonini ajratish majburiyati yuklash bo‘yicha Toshkent tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritildi.

Kiritilgan da’voga asosan Toshkent shahar hokimligidan «O‘ZAVTOTEXXIZMAT» MChJ foydasiga 3 milliard 210 million so‘m kompensatsiya undirish va 486 m2 ga teng yer maydonini ajratish majburiyati yuklandi va hozirda summa to‘liqligicha tadbirkorga undirilishi ta’minlandi.

«Tadbirkorlarning huquqlarini tezkor himoya qilish maqsadida Biznes-Ombudsmanda ishonch telefoni (71-239-25-92) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Agarda tadbikorlarning huquqlari yoki konuniy manfaatlari davlat organlari tomonidan buzilsa, ushbu telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki Vakilning elektron pochtasiga (info@biznesvakil.uz) xat yozib murojaat qoldirishlari mumkin», deyiladi xabarda.

Manba: uza.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring