Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxtda tez tibbiy yordam mashinasi velosipedchini urib yubordi

Poytaxtda tez tibbiy yordam mashinasi velosipedchini urib yubordi

Foto: IIBB matbuot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 28-avgust kuni taxminan soat 16.40 larda Chilonzor tumani KXAY va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasida 1984-yilda tug‘ilgan O.Z., FORD rusumli maxsus avtoulovini boshkarib ketayotib velosiped haydovchisi - 1948-yilda tug‘ilgan G‘.T.ni urib yuborgan.

Natijada velosiped haydovchisi G‘.T. tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring