Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha katta dasturni taqdim etishi kutilmoqda

Prezident aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha katta dasturni taqdim etishi kutilmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar qilmoqda.  

Qayd etilishicha, Xalq qabulxonalariga fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning 10 foizidan ortig‘i (100 mingdan ziyod) aynan uy-joy masalasi bilan bog‘liq. Prezident aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha katta dasturni taqdim etishi kutilmoqda. Bunda ijtimoiy uy-joy qurish va ijaraga berish, ipoteka krediti shartlarini yengillashtirish va birinchi badal uchun subsidiyalar ajratish va boshqa chora-tadbirlar ko‘zda tutilishi mumkin.

Qurilayotgan mavzelarni infratuzilma va tashqi kommunikatsiyalar bilan ta’minlash holati, qurilish sifati ustidan nazorat sustligi tanqidiy muhokama qilinishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring