Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident «Aloqabank» Boshqaruvi raisini yuksak unvon bilan taqdirladi

Prezident «Aloqabank» Boshqaruvi raisini yuksak unvon bilan taqdirladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «K.N.Irisbekovaga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvonini berish to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, bugun Bosh vazir Abdulla Aripov va Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov Prezident nomidan «Aloqabank» Boshqaruvi raisiga faxriy unvonni topshirishdi.

Ushbu yuksak unvon «Aloqabank» Boshqaruvi raisi Kammuna Narinbayevna Irisbekovaga mamlakat iqtisodiy qudratini yuksaltirishdagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimizda bank tizimini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirish, sohada chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo‘lgan professional kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan munosib hissasi hamda tavalludining 60 yilligi munosabati bilan topshirilgani qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring