Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident beparvolik sabab o‘ta og‘ir ahvolga tushgan bemor haqida gapirdi

Prezident beparvolik sabab o‘ta og‘ir ahvolga tushgan bemor haqida gapirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergandik.

Unda davlatimiz rahbari yana bir bor xalqimizga murojaat qildi. Prezident koronavirus pandemiyasining og‘ir oqibatlari haqida shuncha ogohlantirish va tushuntirishlar berilishiga qaramay, ayrimlar hamon o‘zi va yaqinlari sog‘lig‘iga bepisand qarayotganini qayd etdi.

«Nima uchun men xalqimizga murojaat qilyapman. Mana, kecha kechqurun juda og‘ir ahvolda Chirchiqdan bir bemor kelib tushdi. Bilasizlarmi, 5-6 kun juda katta isitma bilan uyida yotgan. 24 soat davomida OAVda ogoh bo‘laylik, madaniyatli bo‘laylik, o‘zimizga, oila a’zolarimizga e’tiborli bo‘laylik deb bong uryapmiz... Oilasi bor, farzandlari bor, nabiralari bor, 5-6 kun uyida yotgan. Shifokorlarni chaqirsa bo‘lmasmidi? Shuning uchun aziz hamyurtlarim, sizlarga yana bir marta murojaat qilmoqchiman: o‘zingizni saqlang, farzandlaringizni, qo‘shnilaringizni, ota-onangizni asrang. Agar o‘zingizni o‘ylamasangiz, shifokorlarni aytganini qilmasangiz, qattiqqo‘llik, intizom, tartib bo‘lmasa, osonlik bilan buni yenga olmaymiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutiga X. ismli bemor olib kelingani, u olib kelinishi bilan darhol sun’iy nafas olish apparatiga ulashga ehtiyoj tug‘ilgani xabar qilingandi. Uning ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring