Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryo viloyatida huquqiy eksperiment o‘tkaziladi

Sirdaryo viloyatida huquqiy eksperiment o‘tkaziladi

Foto:«Kun.uz»

Prezidentning xususiy mulkni hamoya qilish bo‘ycha farmoniga ko‘ar, 2020-yil 1-fevralga qadar Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishni aprobatsiya qilish bo‘yicha quyidagi maqsadlarda huquqiy eksperiment o‘tkaziladi:

- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarining va mexanizmlarni amalda qo‘llash samaradorligini aniqlash;

- xususiylashtirish sohasidagi mas’ul davlat organlari vakolatlarining amaliy samaradorligi, tartibga solinadigan munosabatlarni to‘liq qamrab olinishi jihatidan monitoring o‘tkazish;

- ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish va aholini biznes bilan shug‘ullanishga jalb qilish;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

2019-yil 1-sentyabrdan boshlab foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlarini (ta’lim muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejdan tashqari), sog‘liqni saqlash va sport, madaniyat ob’yektlari) hamda davlat tashkilotlarining bo‘sh turgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqini xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish va sotish tartibi joriy etiladi.

2019-yil 1-oktyabrdan boshlab quyidagi tartiblar o‘rnatiladi:

- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh yer uchastkalari faqat «E-IJRO AUKSION» orqali taqdim etiladi (Prezident va Hukumat qarorlariga ko‘ra yer uchastkalari berilishi bundan mustasno);

- jismoniy va yuridik shaxslarga «YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimida yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish maydonchasi ma’lumotlarini (keyinchalik elektron onlayn-auksionga qo‘yish uchun) joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritish huquqi beriladi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan  ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring