Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident qarori loyihasi – Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etiladi (foto)

Prezident qarori loyihasi – Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etiladi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

100 million AQSh dollaridan iborat Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilmoqda. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur jamg‘arma yosh tadbirkorlik sub’yektlarining Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hududida amalga oshiriladigan va boshqa innovatsion, startap hamda ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish, xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarini moliyalashtirishni ko‘zda tutadi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida eng ko‘pi bilan 500 kv. M.gacha bo‘lgan yer maydonlari, istisno tariqasida, elektron auksion savdosi o‘tkazmasdan, shahar va tuman hokimlari tomonidan ajratiladi.

Shuningdek, bo‘sh bino-inshootlar (davlat ko‘chmas mulki ob’yektlari) shartnoma asosida ijara to‘lovlari har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qabul qilinadigan davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalaridan oshmagan miqdorida ijaraga beriladi.

Hududlarda tashkil qilinadigan yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining manzillarini quyidagi jadvaldan ko‘rishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring