Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Prezident Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun  27-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.

Tadbirda mintaqamiz mamlakatlarining yetakchilari va Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel ishtirok etadi.

Sammitda siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring