Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Senat majlisida joylardagi muammolarga to‘xtaldi

Prezident Senat majlisida joylardagi muammolarga to‘xtaldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xabar berilganidek, Oliy Majlis Senatining I yalpi majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

«Xabar.uz» muxbirining ma’lum qilishicha, davlat rahbari o‘z ma’ruzasida joylardagi bir qator muammolarga to‘xtalgan.

Unga ko‘ra, respublikaning yo‘l-qurilish sohasidagi jami 184 ming kilometr avtomobil yo‘llarining 70 ming kilometri qayta qurishga muhtoj, kommunal xizmat sohasida 633 ta qozonxonaning 25 foizi, 4 ming kilometr issiqlik tarmog‘ining 75 foizi yaroqsiz holatga kelgan. Toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha atigi 68 foizni tashkil etadi. Shaharsozlik 1200 ta aholi punktidan 232 ta yoki 13 foizi bosh rejaga ega. Sog‘liqni saqlash sohasida respublika bo‘yicha 13 mingta umumiy amaliyot shifokorlari va tor doiradagi mutaxassislar yetishmaydi.

Shuningdek, 2019-2020 o‘quv yilida umumiy maktablarda 2700dan ortiq pedagog kadrlarga ehtiyoj mavjud bo‘lsa, maktablarni jihozlash darajasi 70 foizni tashkil etmoqda. Shu bilan birga 3 mingta maktabga ichimlik suvi tashib keltiriladi. 261 maktab esa suv bilan umuman ta’minlamagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring