Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Surxondaryoda ishsizlar sonini ma’lum qildi

Prezident Surxondaryoda ishsizlar sonini ma’lum qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Surxondaryoga oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun berilgan 1,1 trillion so‘mga qo‘shimcha 200 milliard so‘m ajratiladi.

Prezident viloyatda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish masalasiga to‘xtaldi. Davlat rahbari viloyatda 102 ming rasmiy ishsiz bor ekanligini aytdi.

«Ishsizlar Sariosiyo (8,2 ming nafar), Sho‘rchi (8 ming), Oltinsoy (7,2 ming) va Muzrabotda (5,3 ming) yuqori. Sariosiyoda 8 ta, Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘onda 7 tadan, Denovda 6 ta, Oltinsoy va Sho‘rchida 4 tadan, jami 43 ta mahallada tadbirkorlik sust.

Shuningdek, Boysun, Muzrabot, Uzun, Sherobod va Sho‘rchi 4-toifaga, Bandixon, Qiziriq va Oltinsoy 5-toifaga kiradi. Bu tuman va mahallalarda bandlikni ta’minlash va aholi sharoitini yaxshilash bo‘yicha yetarli imkoniyat va imtiyozlarni qilib berdik», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident bu borada mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.

Viloyatda 1-iyulgacha oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun berilgan 1,1 trillion so‘mga qo‘shimcha 200 milliard so‘m ajratiladi. Jarqo‘rg‘ondagi Biznes va yengil sanoat hamda Uzundagi Qishloq xo‘jaligi texnikumlari bo‘sh binolarida 1 ming o‘quvchi o‘rniga ega monomarkazlar tashkil qilinadi.

Bir hafta muddatda tadbirkorlik sust 43 ta mahallada mikro-markazlar tashkil qilinib, u yerdagi loyihalarga yana 80 milliard so‘m imtiyozli kredit yo‘naltiriladi. 1-iyulga qadar 118 ta og‘ir mahallada kasanachilik loyihalari boshlanib, 10 ming aholi band qilinadi.

2023 yilda mehnat bozoriga kirib keladigan 50 ming surxondaryolik yoshlarning 14 ming nafariga 350 milliard so‘m kredit beriladi, 16 ming nafariga dehqonchilik uchun yer ajratiladi va 10 ming nafari bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtiriladi.

Yordamga muhtoj 18 mingdan ziyod ayollar kasbga o‘qitilib, mehnat qurollari uchun 15 milliard so‘m, subsidiya ajratish orqali 3 ming nafar xotin-qizlar band qilinadi. Tadbirkor bo‘lish istagidagi 10 ming nafar ayollarga 200 milliard so‘m kredit ajratiladi va 5 ming nafari uy sharoitida kasanachilikka jalb qilinadi.

Shuningdek, 2023-yilda mahallalarga oilaviy tadbirkorlikni olib kirish orqali 31 ming aholi, kasanachilikda salohiyati bor 212 ta mahallada yangi tizim orqali mehnat qurollari va joy masalasini hal qilib, 31 ming aholi, yangi tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil qilish orqali 4 ming aholi, 20 ming aholi esa, yangi kasblarga o‘qitib, o‘zini-o‘zi band qilish orqali bandligi ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring