Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yangi qarorni imzoladi

Prezident yangi qarorni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan 28 nafar yoshlar «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, ushbu mukofot o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi.

Davlat mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m) miqdorida belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring