Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yangi qonunga imzo chekdi

Prezident yangi qonunga imzo chekdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O‘RQ–578-son, 01.11.2019 y.). Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qonunga muvofiq, to‘lov tizimi to‘lovlarni to‘lov tizimining operatori, to‘lov tizimi ishtirokchilari va (yoki) to‘lov tashkilotlarining to‘lov tizimi operatori tomonidan belgilangan to‘lov tizimining tartib-taomillarini, infratuzilmasini va qoidalarini qo‘llash vositasida hamkorlik qilish yo‘li bilan amalga oshirishni ta’minlaydigan munosabatlar majmuidir.

To‘lov xizmati to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchi va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma, shu jumladan ommaviy oferta tarzidagi shartnoma asosida ko‘rsatiladi.

O‘zbekiston hududida to‘lovlar quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

  • naqd pul mablag‘larini o‘tkazish;
  • elektron pullarni o‘tkazish;
  • pul mablag‘larini to‘lov vositalaridan foydalangan holda o‘tkazish;
  • pul majburiyatini yoki pul mablag‘larini to‘lash to‘g‘risidagi farmoyishni o‘z ichiga olgan to‘lov hujjatini berish;
  • elektron to‘lov vositalaridan foydalanish.

Shuningdek, Qonunga ko‘ra, bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchini bank kartasi yo‘qolganligi va (yoki) bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani tunu kun yuborish imkoniyati bilan ta’minlashi shart.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring