Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident yoshlarni bayram bilan tabrikladi

Prezident yoshlarni bayram bilan tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Yoshlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida so‘zga chiqdi va Yangi O‘zbekistonning barcha yoshlarini bayram bilan tabrikladi.

«Albatta, sizlar bilan uchrashish, ko‘nglingizdagi ezgu orzu va rejalaringiz bilan o‘rtoqlashish, taklif va tashabbuslaringiz haqida eshitish menga doimo quvonch va g‘urur bag‘ishlaydi.

Sizlarning shijoat va intilishingizni ko‘rib, yonib turgan ko‘zlaringizga boqib, o‘zimga bitmas-tuganmas kuch olaman.

Hozirgina Prezident va ijod maktablari o‘quvchilari, Yangi O‘zbekiston universiteti talabalari, yosh olim va ijodkorlar, dasturchilar, sportchilar va tadbirkorlar bilan gaplashib, bir narsaga qat’iy amin bo‘ldim.

Bugungi yoshlarimizning salohiyati, dunyoqarashi, bildirgan taklif va tashabbuslari, mustaqil fikrlashi, kelajak va Vatan haqida, o‘zining jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati haqidagi qarashlari barcha ota-onalar, ustoz-murabbiylar qatorida meni ham cheksiz quvontiradi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring