Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Probka»lar shahrida birinchi metro ishga tushdi (foto)

«Probka»lar shahrida birinchi metro ishga tushdi (foto)

Foto: Dhaka Tribune / The Business Post

28-dekabr Bangladesh transport sohasi tarixiga kirdi — poytaxt Dakkada ilk metro ishga tushdi. Bu haqda UCA News xabar berdi.

Nashr yozishicha, mahalliy hukumat megapolis taraqqiyotini sekinlashtirayotgan yo‘llardagi tiqinlarga barham berish ustida ishlamoqda.

Dakka, Bangladesh. Foto: Dhaka Tribune

Dakka jahonning eng aholisi ko‘p shaharlaridan hisoblanadi. Bu yerda yashovchi 22 mln aholi uchun har kuni avtomobillar bilan to‘lib-toshgan yo‘lga otlanish — «it azobi».

Solishtirish uchun: Dakkada butun Qozog‘iston va Toshkent shahridagiga teng aholi yashaydi. Bangladesh hududi (148 460 kv. km.) O‘zbekistonnikidan 3 baravar kichik, aholisi 4,6 baravar ko‘p (166,3 mln).    

Har yili Dakka iqtisodiyoti yo‘llardagi «probka»lar oqibatida yo‘qotilgan ish vaqtidan $3 milliarddan ziyod ziyon ko‘radi.

Dakkadagi ilk metro tarmog‘i so‘nggi o‘n yil davomida qurildi.

Dakka metrosi. Foto: New Age

Dakkaning markazini va chekka tumanini tutashtiruvchi ilk metro tarmog‘i 28-dekabrdan ishga tushdi. Loyiha uchun Bangladesh g‘aznasidan $2,8 mlrd sarflandi.

Birinchi poyezd. Dakka, Bangladesh. Foto: CNN

2030-yilda metro butun shaharni qamrab oladi, stansiyalari soni 100 tadan oshadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring