Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura va ichki ishlar organlari tuzilmasiga yangi lavozimlar kiritildi

Prokuratura va ichki ishlar organlari tuzilmasiga yangi lavozimlar kiritildi

Foto: «Xabar.uz»

«Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori  (PQ–4643-son, 18.03.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha  o‘rinbosarining asosiy vazifalari belgilandi.

Bosh vazir o‘rinbosari, jumladan, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirishni ta’minlaydi.

Qarorga ko‘ra, Bosh prokuratura tuzilmasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan:

  • Bosh prokuror o‘rinbosari;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar prokurorlarining o‘rinbosarlari;
  • Transport prokurorining katta yordamchisi lavozimlari kiritildi.

Shuningdek, ekin maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallanishining oldini olish, qishloq xo‘jaligi texnikalari holatini nazorat qilish kabi bir qator vazifalarga mas’ul bo‘lgan ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

Bosh prokuraturaning Qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi deb qayta nomlandi.

Qaror bilan Ichki ishlar vazirligi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti bosh boshqarmasi vazirlik Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti etib qayta tashkil etildi.

Qarorga ko‘ra, tuman va shahar hokimlari o‘z hududidagi qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida haqiqiy ahvolni o‘rganish uchun Davergeodezkadastr yoki uning hududiy boshqarmalariga uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish bo‘yicha buyurtma berish vakolatiga ega bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring