Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«PUBG» o‘yinidagi akkaunti uchun 1 millionni olib g‘oyib bo‘lgan shaxs ushlandi

«PUBG» o‘yinidagi akkaunti uchun 1 millionni olib g‘oyib bo‘lgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani IIBga 2004-yilda tug‘ilgan fuqaro M.X. ariza bilan murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, 2022-yil 15-oktyabr kuni Telegram messenjerida «King» nomli noma’lum profil foydalanuvchisi u bilan muloqot o‘rnatib, o‘zining «PUBG» mobil o‘yinidagi akkauntini sotishini ma’lum qilib, uning bir million so‘mga yaqin pullarini bank kartasi orqali qo‘lga kiritgan.

So‘ngra va’da qilingan akkauntning login va parollarini bermasdan, telegramdagi yozishmalarini o‘chirib, g‘oyib bo‘lgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs arizachi bilan bir tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro M.A. (2002-y.t.) ekanligi aniqlangan.

M.A.ga nisbatan O‘zR JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring