Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin 10 yillik an’anasini buzadimi?

Putin 10 yillik an’anasini buzadimi?

Foto: Sib.fm

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning an’anaviy yillik katta matbuot anjumani ko‘p ehtimol bilan bu yil o‘tkazilmaydi. Yil tugab boryapti, tadbirni o‘tkazish haqida biron gap-so‘z yo‘q.

Putinning ilk katta matbuot anjumani 2012-yil dekabrida o‘tkazilgan. O‘shandan beri bu yillik an’anaga aylangandi.

Hozircha davlat rahbarining o‘z xalqi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish-qilmasligi borasida yakuniy qarorga kelingan emas. RBKning masalaga yaqin ikki suhbatdoshi bildirishicha, tadbirga tayyorgarlik ishlari olib borilmayapti.

RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bildirishicha, Kreml to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot sanasini Putinning parlamentga murojaatidan so‘ng belgilashi mumkin ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring