Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vladimir Putin Samarqandga yetib keldi

Vladimir Putin Samarqandga yetib keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 15-sentyabr kuni tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Tashrifning birinchi kunida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatni imzolash ko‘zda tutilgan.

16 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Avvalroq Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari Samarqandga yetib kelgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring