Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin, Tramp, Ruhoniy — Mirziyoyevga yo‘llangan Yangi yil tabriklari

Putin, Tramp, Ruhoniy — Mirziyoyevga yo‘llangan Yangi yil tabriklari

Yangi – 2020-yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

  • Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin
  • Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin
  • Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish
  • Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev
  • Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev
  • Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov
  • Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon
  • Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
  • Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko
  • Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev
  • Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe
  • Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In
  • Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani
  • Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy
  • Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda
  • Vengriya Prezidenti Yanosh Ader
  • Sloveniya Respublikasi Prezidenti Borut Paxor
  • Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi
  • Iordaniya Qiroli Abdulla II
  • Daniya Qirolichasi Margrete II
  • Xitoy Xalq Respublikasi Raisining o‘rinbosari Van Sishan
  • Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedev
  • Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Kesyan
  • Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban
  • Kanada General-gubernatori Jyuli Peyett
  • Yangi Zelandiya General-gubernatori Petsi Reddi
  • Afg‘oniston Islom Respublikasi Hukumati Ijrochi raisi Abdulla Abdulla
  • Yangi Zelandiya Bosh vaziri Jasinda Ardern
  • Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko
  • Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Li Chjanshu
  • Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Sayf bin Zoid Ol Nahayon
  • Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax
  • Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev
  • Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) Bosh kotibi Yens Stoltenberg
  • Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bag‘dat Amreyev.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring