Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarshida kaltaklangan shifokorlar: marhumning yaqinlari «Tez yordam»ning kechikkanini ta’kidlamoqda (video)

Qarshida kaltaklangan shifokorlar: marhumning yaqinlari «Tez yordam»ning kechikkanini ta’kidlamoqda (video)

Bir necha kun avval Qarshi shahrida shifokorlarning kaltaklangani va ular ichida ayol vrachning  ham borligi xabar qilingan edi. 

Jabrlangan Adiba Bozorovaning aytishicha, bemor ular yetib borguncha vafot etgan bo‘lgan. U feldsherga buni aytishi bilanoq, marhumning yaqinlari uni urib tashlagan. 

Haydovchi G‘ayrat Rashidovga ko‘ra, soat 8:36 da chaqiriq bo‘lgan bo‘lsa, manzilga 8:42 da yetib borishgan. 

Ammo vafot etgan bemorning yaqinlari buni inkor qilmoqda. Ularning aytishicha, ular aytilgan vaqtda emas, qariyb bir soat kechikib kelishgan. Ular telefonda qilingan qo‘ng‘iroqlarni ko‘rsatgan holda, shifokorlarning kechikkanini isbotlashga urinmoqda. 

Ayni damda ushbu ish yuzasidan surishtiruv ishlari ketmoqda. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring