Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryo va Buxorodagi konlar va quduqlar holati o‘rganildi (foto)

Qashqadaryo va Buxorodagi konlar va quduqlar holati o‘rganildi (foto)

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev rahbarligida «Ishchi guruh» a’zolari Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi ishlab chiqarish va qayta ishlar korxonalari, konlar hamda quduqlarda bo‘lib, u yerdagi hozirgi holatni o‘rgandi.

Avvalo, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida ishchi-xodimlarga yaratib berilgan sharoit, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, uning oldini olish uchun amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib chiqildi.

Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» Muborak NGQChBga qarashli «Janubiy Muborak» konidagi burg‘ulash ishlari olib borilayotgan 10-sonli quduqdagi ishlar bilan yaqindan tanishdi va quduqlarda olib borilayotgan burg‘ulash ishlarini belgilangan muddatlarda tugatish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish va uni qat’iy nazoratga olish bo‘yicha tegishli rahbarlarga topshiriq berildi.

«Ishchi guruh»ning Muborak gazni qayta ishlash zavodiga tashrifi ham ishchi-xodimlarga yaratib berilgan sharoit va karantin qoidalariga rioya etilayotgani holati o‘rganildi va zavodda gaz qazib olish va geologiya qidiruv ishlarini olti oylik natijalari va 2020 yilni yakunlash bo‘yicha muhokamalar qilindi.

Tashrif davomida, umumiy qiymati 73.595 mln. dollarni tashkil etadigan, yiliga qo‘shimcha 59.4 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish imkonini beruvchi «Mavjud propan-butan aralashmasi ajratib olish qurilmasining 1,2,3-tizimlari qurilmalarining modernizatsiya qilish» va «Propan-butan aralashmasi ajratib olish qurilmasining 4-tizimini qurish» investitsion loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari tabiiy gaz qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha Buxoroda qilinayotgan ishlar bilan tanishish uchun Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining «Uchqir gazni oltingugurtdan tozalash» kompleksida bo‘ldi.

Konlardan qazib olinayotgan tabiiy gazni past bosimdan yuqori bosimga oshirib berish va kunlik 1,5-2,0 mln.kub.m tabiiy gaz qazib chiqarish uchun qurilayotgan «Uchqir siquv kompressor stansiyasi»dagi yakuniy qurilish ishlari holati o‘rganildi.

Pudratchi korxona rahbarlari bilan muzokoralar o‘tkazildi hamda «Uchqir siquv kompressor stansiyasi»ni joriy yilning iyul-avgust oylari yakuniga qadar ishga tushirish va to‘liq belgilangan me’yorlar asosida ishlatish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

«Ishchi guruh» a’zolari tomonidan investitsion loyiha doirasida qurilishi amalga oshirilayotgan gazni seolitli quritish qurilmasi (UTsOG), suyultirilgan gazni qabul qilish (UPPBS), laboratoriya binolari, 100 o‘rinli oshxona, kuzatuvchilar binosi qurilish ishlarining hozirgi holati atroflicha o‘rganildi va qurilishni belgilangan muddatda tugatish bo‘yicha kerakli topshiriqlar berildi.

Boshqaruv raisi Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga tashrifi davomida «ENTER Engineering Pte.Ltd.» kompaniyasi tomonidan qurilishi amalga oshirilayotgan «Uchqir siquv kompressor stansiyasi»ni ishga qo‘shish joriy yilning 10 iyul sanasiga belgilangan bo‘lsa-da, hanuzgacha ishlar yakunlanmaganini keskin tanqid qildi.

Garchi yetarli sabablar bo‘lmagan bo‘lsa-da, qurilish ishlari o‘z yakuniga yetmagani va navbatdagi muddatda ham ishlar tugatilmasa bu bo‘yicha mas’ullarga chora ko‘rilishi masalasini o‘rganish bo‘yicha tegishli rahbarlarga ko‘rsatmalar berildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring