Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodan Toshkentga qancha odam ko‘chib borgani ma’lum qilindi

Qashqadaryodan Toshkentga qancha odam ko‘chib borgani ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyun oylari davomida Toshkent shahriga respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 25 290 kishini tashkil etgan.

Toshkent shahriga ko‘chib kelish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 170 kishiga kamaygan.

Eng ko‘p odam Toshkent viloyatdan ko‘chib borgan (11 881 kishi). Ikkinchi o‘rinda Qashqadaryo viloyati (3039 kishi). 

Toshkent shahriga hududlardan doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni:
— Qoraqalpog‘iston R. – 461 kishi
— Andijon viloyati – 804 kishi
— Buxoro viloyati – 1 361 kishi
— Jizzax viloyati – 628 kishi
— Qashqadaryo viloyati – 3 039 kishi
— Navoiy viloyati – 729 kishi
— Namangan viloyati – 781 kishi
— Samarqand viloyati – 1 831 kishi
— Surxondaryo viloyati – 1 389 kishi
— Sirdaryo viloyati – 527 kishi
— Toshkent viloyati – 11 881 kishi
— Farg‘ona viloyati – 1 039 kishi
— Xorazm viloyati – 820 kishi

Oldinroq Toshkentdan viloyatlarga ko‘chib ketgan kishilar soni ma’lum bo‘lgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring