Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoning eksport hajmi 2023-yilda 400 million dollarga yetkaziladi — viloyat hokimi

Qashqadaryoning eksport hajmi 2023-yilda 400 million dollarga yetkaziladi — viloyat hokimi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Viloyat hokimi Murodjon Azimov ma’lum qilishicha, Qashqadaryoda sanoat yo‘nalishida ishlab chiqarish 15 trillion so‘mni, aholi jon boshiga 4,4 million so‘mni tashkil qilgan, sohada band aholi qariyb 44,8 ming nafarni tashkil etmoqda.

Uning aytishicha, 2023-yilda drayver sohalarda yirik loyihalarni amalga oshirish hisobiga bu ko‘rsatkichlarni tegishlicha 24 trillion so‘m, 6,3 million so‘m va 45,2 ming nafarga yetkazish maqsad qilingan.

2022-yilda umumiy qiymati 1,9 milliard dollarlik 844 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Natijada 12,4 mingta ish o‘rni yaratiladi.

2023-yilda 3,4 milliard dollarlik 769 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, buning natijasida 13 186 ta ish o‘rni yaratish, ishlab chiqarish hajmini 2,9 trillion so‘mga, budjetga tushumlarni 712 milliard so‘mga, eksportni 165 million dollarga oshirish, 110 million dollarlik importni o‘rnini bosish kutilmoqda.

Viloyatning eksport hajmi 2022-yilda 26 foizga o‘sib, 280 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda. 2023-yilda bu ko‘rsatkichni 400 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Hokimning Prezidentga bergan hisoboti Qashqadaryo viloyati hokimligining rasmiy axborot manbalarida e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring