Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qatar-2022 o‘yinlarining 2,45 millionta chiptasi sotib bo‘lindi

Qatar-2022 o‘yinlarining 2,45 millionta chiptasi sotib bo‘lindi

Foto: AP

FIFA 2022-yili Qatarda o‘tadigan jahon chempionatining 2,45 millionta chiptasini sotib bo‘ldi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Kamerun Braziliyaga qarshi, Braziliya Serbiyaga qarshi, Portugaliya Urugvayga qarshi to‘p suradigan o‘yinlarning chiptalari talash bo‘lib ketgan.

Shuningdek, Avstraliya – Daniya, Kosta-Rika – Germaniya o‘yinlariga ham muxlislar orasida qiziqish kattaligini chiptalar savdosi ko‘rsatdi.

2022-yilgi JCh o‘yinlari uchun chipatalarni eng ko‘p xarid qilgan mamlakatlar: Qatar, AQSh, Angliya, Saudiya Arabistoni, Meksika, BAA, Fransiya, Argentina, Braziliya va Germaniya.

Qatardagi mundial 2022-yilning 20-noyabridan 18-dekabriga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring