Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qidiruv operatsiyasi: avtotransport vositalari G‘uzordan topildi

Qidiruv operatsiyasi: avtotransport vositalari G‘uzordan topildi

Foto: MIB

Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi qidiruv bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdor jismoniy va yuridik shaxslarning mol mulklari va ularga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarini qidirib topish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Byuroning Yangiyo‘l tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining qarzdor chorva mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi korxonadan, undiruvchi «Turonbank»ning Zangiota filiali foydasiga qarz undirish bo‘yicha ijro hujjati mavjud bo‘lib, davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaga  tegishli mol mulklar o‘rganilgan.

Aniqlanishicha, qarzdor MChJ ga tegishli 2019 yilda ishlab chiqarilgan CHANG AN rusumli 2 ta avtortransport vositasi bo‘lgan. Lekin ijro jarayonlari davomida ushbu transport vositalarini qayerdaligini topishning imkoni bo‘lmagan. Shu sabab davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda mazkur mol-mulkka nisbatan qidiruv e’lon qilish bo‘yicha qaror qabul qilgan.

Qidiruv bo‘yicha qaror Toshkent viloyati boshqarmasining qidiruv bo‘limiga yo‘naltirilgan. Bo‘lim xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazilishi natijasida qidiruvdagi yuk mashinalari Qashqadaryo viloyatida ekanligi aniqlangan.

Ichki ishlar va YHHB xodimlari bilan o‘tkazilgan qo‘shma reydlar natijasida qarzdor korxonaga tegishli yuk mashinalari Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidan topilgan va jarima maydoniga joylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring