Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iz-tojik chegarasida yana vaziyat chigallashayotgani xabar qilindi

Qirg‘iz-tojik chegarasida yana vaziyat chigallashayotgani xabar qilindi

Qirg‘iziston Chegara xizmatining Tojikiston bilan chegarada joylashgan bo‘linmalari keskinlashayotgan vaziyat tufayli kuchaytirilgan rejimga o‘tkazilgan. Bu haqda TASS Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmatiga asoslanib xabar bermoqda.

«Tojikiston tomoni hukumatlararo delegatsiyalarning qirg‘iz-tojik chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ming metrgacha bo‘lgan masofalari bo‘yicha ilgari erishilgan barcha kelishuvlarini buzgan holda harakat qilgan»,— deyiladi chegara xizmati xabarida.

Tojik tomoni  «ushbu hududdagi davlat chegarasining belgilanmagan qismidagi konteynerni tashlab, undan 600 metr uzoqlashib ketgan». Bundan tashqari, tojik tomonining chegarasida «harbiy xizmatchilarning avtomobil va engil zirhli transport vositalarida tirbandligi» mavjud.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida ikki davlat chegarasida qurolli to‘qnashuvlarda o‘nlab odamlar halok bo‘lgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring