Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston – Tojikiston chegarasida otishma yuz berdi — OAV

Qirg‘iziston – Tojikiston chegarasida otishma yuz berdi — OAV

Foto: «24.kg»

Qirg‘iziston – Tojikiston chegarasida, Tort-Kocho manzilida har ikki mamlakat harbiylari o‘rtasida otishma boshlandi. Bu haqda «24.kg» o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bugun soat 18:15 da tojik harbiylari Botken tumanidan o‘tuvchi O‘sh – Isfana yo‘lining Tort-Kocho manzilidagi qismini bir tomonlama yopib qo‘yishgan.

Hodisa joyiga Botken chegara otryadi boshlig‘i, polkovnik Rustam Mirshokirov (Tojikiston) va Chegara xizmati boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Qiyalbek Tolonbayev (Qirg‘iziston) yetib borishgan.

Chegaraning ushbu qismiga tashlangan harbiy bo‘linmalar kuchaytirilgan tartibga o‘tkazilgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring