Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston Turkiyadan yangi «Anka» dronini sotib oldi

Qirg‘iziston Turkiyadan yangi «Anka» dronini sotib oldi

Qirg‘iziston Turkiyaning «Anka» modifikatsiyadagi uchuvchisiz uchish apparatlarini sotib oldi. Bu haqda Qirg‘iziston davlati rahbari ma’muriyati axborot siyosati bo‘limi rahbari Dayirbek O‘runbekovga tayanib, TASS xabar bermoqda.

«Qirg‘iziston misli ko‘rilmagan zamonaviy harbiy texnika – «Anka» xarid qildi va yetkazildi», deb yozdi Dayirbek O‘runbekov o‘zining Facebook’dagi sahifasida.

O‘runbekov sotib olingan texnikalar sonini aytmagan.

Avvalroq, Qirg‘iziston Turkiyadan «Bayraktar», «Akindji» va «Aksungur» dronlarini xarid qilgan edi. Ularning barchasi Respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmatiga o‘tkazilgan.

Ma’lumot uchun, «Anka»ning uchish masofasi 250 km gacha, dron havoda 30 soat turishi mumkin, og‘irligi 1,7 tonna, 350 kg gacha yuk ko‘tara oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring