Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirolichaning vafoti moliyaviy sektorga qanday ta’sir qiladi?

Qirolichaning vafoti moliyaviy sektorga qanday ta’sir qiladi?

Yelizaveta II vafot etgani moliya sektoriga ham ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Kecha, rasmiy xabarlar chiqishi bilanoq, London birjasi savdolarni to‘xtatdi.

Buyuk Britaniya budjeti yo‘qotishlarga mahkum. Ekspertlarga ko‘ra, qirolichaning vafoti davlatga 1,5 milliarddan 6 milliard funt sterlinggacha tushadi. Bu yangi bosh vazirning energiya resurslari narxlarini muzlatish tashabbusi (qo‘shimcha 130 mlrd funt sterling) bilan bir bo‘lib, iqtisodiyot uchun anchayin kuchli zarba degani.

Eng qizig‘i — albatta, pullar. Buyuk Britaniyada vafot etgan qirolichaning rasmi aks ettirilgan umumiy qiymati 80 mlrd funt sterlingga teng 4,5 mlrd banknota muomalada. Ular muomalada qoladi, biroq yangisi — qirol Charlz (Karl III) rasmi tushirilganlari bilan birma-bir almashtirib boriladi. Buning uchun ikki yil ketishi mumkin. Shuningdek, Yelizaveta II ni o‘z pullarida aks ettirgan Britaniya Hamdo‘stligi mamlakatlari ham shunday yo‘l tutadi. Xususan, Yangi Zelandiya Markaziy banki yangi qirol tasvirlangan tangalarni zarb etish uchun bir necha yil kerakligini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring