Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qo‘ng‘irot soda zavodi» «A» markali kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqara boshladi

«Qo‘ng‘irot soda zavodi» «A» markali kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqara boshladi

«Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJda kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarilishi 2006 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, shu kungacha «B» markali («yengil») kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarilardi.

Kuni kecha «Qo‘ng‘irot soda zavodi»da «A» markali «og‘ir» kalsinatsiyalangan soda olindi. Keyingi 3 kun davomida ishlab chiqarish quvvatlari to‘liq rejimga chiqishi rejalashtirilmoqda.

«Og‘ir» soda «B» markali (yengil) kalsinatsiyalangan soda kabi kimyoviy tarkibga ega bo‘lib, uning sochilish zichligi 0,9-1,1 g/sm3ni tashkil etishi evaziga «yengil» sodaga nisbatan uning iste’mol xususiyatlarini oshiradi.

Uning monogidrat usulida olingan kristallari barqaror formaga ega bo‘lib, u changimaydi va yuklash, tashish jarayonlarida sochilish zichligi deyarli saqlanib qoladi.

Og‘ir soda yengil soda kabi shisha mahsulotlari va sintetik yuvish vositalari ishlab chiqarishda, qurilish mollari tayyorlashda hamda sanoat miqyosida suvning qattiqligini pasaytirish maqsadida qo‘llaniladi.

Iyul oyining ikkinchi yarmidan «A» markali kalsinatsiyalangan soda «Sirdaryo universal oyna» MChJga yetkazib berish va mahsulotni eksportga chiqarish rejalashtirilmoqda.

«O‘zkimyosanoat» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring