Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoni zaharlangan Bill Klinton ahvoli haqida ma’lumot berildi

Qoni zaharlangan Bill Klinton ahvoli haqida ma’lumot berildi

Foto: «Newyorker.com»

Qon zaharlanishi bilan shifoxonaga yotqizilgan AQShning sobiq prezidenti Klinton shifoxonadan uyiga ketishga ruxsat berildi.

Avvalroq qon zaharlanishi bilan shifoxonaga yotqizilgan AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton yakshanba kuni shifoxonadan chiqarildi.

«Prezident Klinton bugun UC Irvine tibbiyot markazidan chiqarildi. Harorat va leykotsitlar soni normal holatga qaytdi. U antibiotiklar kursini tugatish uchun Nyu-Yorkka, uyiga qaytadi», — deyiladi shifoxonaning tibbiy direktori Alpesh Amin.

Klinton 12-oktyabrdan beri shifoxonada. U sepsis tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgandi. Bunga siydik yo‘llari infeksiyasi sabab bo‘ladi.

Uilyam Jefferson (Bill) Klinton 1993-yildan 2001-yilgacha AQSh prezidenti bo‘lgan. Bungacha u kichik vatani bo‘lgan Arkanzas shtati gubernatori etib saylangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring