Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qorako‘ldagi internatga «xalqaro matematika maktabi» maqomi berildi

Qorako‘ldagi internatga «xalqaro matematika maktabi» maqomi berildi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida «Xalqaro matematika maktabi»ni tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Qorako‘l tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatiga «xalqaro matematika maktabi» maqomi berildi.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, chet tillarini chuqur o‘qitish, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish hamda ularni respublika va xalqaro fan olimpiadalariga qatnashishga tayyorlash xalqaro maktabning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab maktabning 7-sinfiga 90 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

Xalqaro maktabda matematika faniga qiziquvchi xorijiy mamlakatlar fuqarolari ham shartnoma asosida ta’lim olishlari mumkin.

Shuningdek, o‘quvchilarga yanada chuqurroq bilim berish maqsadida xalqaro maktabga xorijiy mamlakatlardan ham o‘qituvchilarni ishga qabul qilishga ruxsat etildi.

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab xalqaro maktab direktori, o‘rinbosarlari va o‘qituvchilariga budjet mablag‘alari hisobidan 100 foiz qo‘shimcha ustama haq to‘lanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring