Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘istonda «Ideaton» startap g‘oyalar tanlovi o‘tkazildi

Qoraqalpog‘istonda «Ideaton» startap g‘oyalar tanlovi o‘tkazildi

Qoraqalpog‘istonda «Ideaton» startap g‘oyalar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi, TATU Nukus filiali, IT-Park Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali va yoshlar ishtirok etdi.

Tanlov ishtirokchilari ikki kun davomida loyihalar yechimi ustida ish olib bordilar.

Tanlovda Oliy ta’lim muassasalaridan 40 ta jamoa, 150 dan ortiq yoshlar qatnashdi va o‘zlarining bor bilim va tajribasini hay’at a’zolariga taqdim etdi.

Tanlov yakunida faollik ko‘rsatgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan loyihalar taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring