Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘istonda qurilish vaziri o‘zgardi

Qoraqalpog‘istonda qurilish vaziri o‘zgardi

Azimjon Qurbanbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Bunga qadar u Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vazirligi huzuridagi Arxitektura rejalashtirish byurosi bosh muhandisi lavozimida ishlab kelgan. Undan oldin Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, Azimjon Qurbanbayev 1975-yili Amudaryo tumanida tug‘ilgan bo‘lib, 1998-yili Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini tugatgan.

Bunga qadar qurilish vaziri bo‘lib ishlagan Jalg‘asbay Berdixanov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring