Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘istondagi qizlar janjalining sababi aniqlandi

Qoraqalpog‘istondagi qizlar janjalining sababi aniqlandi

Videodan kadr.

Ijtimoiy tarmoqlarda qizlar o‘zaro janjallashayotgani aks etgani video tarqalgandi.

Holat yuzasidan Ellikqal’a tumani hokimligi ham rasmiy ma’lumot berdi.

Hokimlikka ko‘ra, mazkur holat tumandagi markaziy dehqon bozori hududida sodir bo‘lgan. Ellikqal’a tumanida yashovchi, 2005-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan fuqaro Sh.L. 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro B.Z. nomidan Instagram’da akkaunt ochib, uning nomidan foydalanib yurgani ular o‘rtasida janjal kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Holatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Ahmedova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari T.Qarlibayeva atroflicha o‘rgangan. Voqea ishtirokchilari va ularning ota-onalari bilan suhbat olib borgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur holat bo‘yicha Ellikqal’a tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring