Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jarima qo‘llashlar ko‘payadi. Ichki ishlar xodimlariga qo‘shimcha vakolatlar berildi

Jarima qo‘llashlar ko‘payadi. Ichki ishlar xodimlariga qo‘shimcha vakolatlar berildi

Foto: «Xabar.uz»

Senatning sakkizinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ma’qullandi.

Ungu ko‘ra, kodeksda epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlikni sodir etib harakatlanayotgan transport vositalarini ushlab turish tartibi joriy qilinmoqda.

Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar transport vositalari haydovchilarining mas’uliyatini oshirish, sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining haddan tashqari darajasiga ega bo‘lgan ish yuklamasini yengillashtirish nazarda tutilgani qayd etilgan.

Kodeksda, shuningidek, nazarda tutilgan transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish ma’muriy huquqbuzarligi uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolatini ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi xodimlari bilan birgalikda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga ham berish bayon etilmoqda.

Qonun bilan kiritilayotgan o‘zgartishlarga asosan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish ma’muriy huquqbuzarligi uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolatini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan bir qatorda ichki ishlar organlariga ham berish nazarda tutiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi va e’lon qilingan kundan kuchga kirishini inobatga olib, mutasaddi idoralarga uni keng targ‘ib qilish hamda to‘liq ishlashi uchun zarur mexanizmlarni ishlab chiqib, joriy etish topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring