Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qo‘yliq» bozori buzilishi yana rad etildi

«Qo‘yliq» bozori buzilishi yana rad etildi

Foto: Xabar.uz

«Qo‘yliq» bozorini shahar ehtiyojlari uchun olib qo‘yish masalasida Toshkent shahar hokimligi munosabat bildirib, bozor buzilmasligini aytgan.

«Qo‘ylik» dehkon bozorining to‘liq hududi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi ko‘zda tutilmagan. Asosiy kirish joyi oldidagi avtoturargoh hududining bir qismi va bir nechta vaqtincha savdo qurilmalarining o‘rni qurilish jarayoniga jalb etiladi. Bunda, asosiy bino va savdo rastalarining aksariyati o‘z joyida qoladi. Loyihaga ko‘ra, jalb etiladigan hududning umumiy maydoni 10 ming kv.metr atrofida bo‘ladi», deyiladi xabarda.

Aytilishicha, ishlar yakunidan so‘ng, bozorlarning avtoturargohi xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda tegishli ruxsatnoma bo‘lsa, ko‘prik va yondosh yo‘llarning tayanch inshootlari ostida joylashtirilishi mumkin.

Ushbu yer maydonlari yo‘l o‘tkazgich, Bektemir yo‘lidan TXAYga va TXAYdan Bektemir yo‘liga (Farg‘ona yo‘lining davomi) tushuvchi yo‘llar qurilishi sababli davlat va jamoat foydasiga jalb etilayotgani bildirilgan.

Avvalroq «Qo‘yliq» dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni boshqa manzilga ko‘chirilishi haqida Toshkent shahar hokimligi xabar bergandi.

So‘ng bozorchilar yo‘lni to‘sib qo‘ygach, «Qo‘yliq» bozori direktorining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Qodirjon Normirzayevga ko‘ra, bozor buzilishi yoki ko‘chishi haqida xat yoki og‘zaki topshiriq berilmaganini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring