Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston chegarasida O‘zbekistonga o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Qozog‘iston chegarasida O‘zbekistonga o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: «gov.kz»

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati xodimlari respublika janubida tartibsizliklarda ishtirok etganligi taxmin qilingan shaxsni qo‘lga oldi.

Qayd etilishicha, «Jibek yo‘li» (Turkiston viloyati) nazorat-o‘tkazish punktida 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro «Ye» O‘zbekistonga o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangan.

Qo‘lga olingan shaxsning mobil telefonida Chimkentdagi tartibsizliklar sodir bo‘lgan joydan olingan videolar topilgan. Uning badanida (orqa kurak qismida) o‘q jarohati izi bor. Taxminga ko‘ra, bu jarohat rezina o‘qniki.

Qo‘lga olingan shaxs Sariog‘ash tumani IIB xodimlariga topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring