Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston TIV Al-Aqso masjidiga hujum yuzasidan munosabat bildirdi

Qozog‘iston TIV Al-Aqso masjidiga hujum yuzasidan munosabat bildirdi

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov Quddusdagi Al-Aqso masjidiga uyushtirilgan hujum ortidan Yaqin Sharqda vaziyat yanada taranglashganidan xavotir izhor qildi.

«Umid qilamizki, siyosiy, diniy va jamoat yetakchilari muqaddas Ramazon oyi va Fisih bayramida taranglikni yumshatish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar. Qozog‘iston hamisha bag‘rikenglik va dinlararo muloqotni kuchaytirishni yoqlaydi va xalqaro hamjamiyatning Yaqin Sharq muammosini BMT Xavfsizlik kengashi rezolyusiyalariga muvofiq holda, tinch yo‘l bilan hal etish yo‘lidagi urinishlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi», – deydi O.Smadiyarov.

Rasmiy Ostonaga ko‘ra, hozirgi vaziyatda status-kvoni saqlab qolish muhim ahamiyat kasb etadi.

Qozog‘iston TIV mulozimi tomonlar vazminlik yo‘lini tutib, zo‘ravonlikka olib boruvchi qadamlardan tiyilishi va pirovardida sog‘lom aql ustun kelishiga umid bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Isroil xavfsizlik kuchlari 4 aprel kechasi va 5 aprel subhida Al-Aqso masjidiga bostirib kirib, namoz o‘qiyotgan falastinliklarga nisbatan shovqinli granata, zaharli gaz, rezina o‘qlar bilan hujum qilgan. Bosqin davomida 350 dan ziyod falastinlik hibsga olingan, ibodatga kelgan o‘nlab kishi yaralangan.

Ketma-ket uchinchi bor Ramazon oyida muqaddas masjidga hujum uyushtirilgani musulmon dunyosi tomonidan keskin qoralandi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroilning Falastindagi hujumlariga qarshi islom dunyosi birdam bo‘lishi kerakligi haqida bayonot berdi.

Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim BMT Xavfsizlik kengashini mudhish jinoyati uchun Isroil rejimini javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring