Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda poytaxt nomini o‘zgartirish vaqti ma’lum qilindi

Qozog‘istonda poytaxt nomini o‘zgartirish vaqti ma’lum qilindi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev farmonidan so‘ng poytaxt rasman Ostona deb qayta nomlanadi.

Adliya vaziri Kanat Musin parlament majlisi chog‘ida poytaxt nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmon bir oy ichida imzolanishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, «Yangi Qozog‘iston» partiyasi deputatlari poytaxt Nursultonga oldingi nomi — Astana (Ostona)ni qaytarishni so‘rashgandi. 

Ostona nomi 2019 yilda Birinchi prezident Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqqanidan so‘ng, hozirgi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev taklifi bilan Nursultonga o‘zgartirilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring